Bugun
22
O'zbek

«Milan» Tomori va Loftus-Chik bilan shartnomani uzaytirmaydi

Futbol
30 sentabr, 04:30
Klub ikki futbolchi bilan kelishuvlarni yangi mavsum uchun davom ettirmaslikka qaror qilgan.
«Milan» Tomori va Loftus-Chik bilan shartnomani uzaytirmaydi
Foto: Getty Images

«Milan» himoyachi Fikayo Tomori va yarimhimoyachi Ruben Loftus-Chik bilan shartnomalarni uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda Foot Mercato xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, har ikki futbolchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Italiya klubi ularning kelishuvlarini uzaytirishni rejalashtirmayapti. Shu tariqa Tomori va Loftus-Chik mavsum yakunida erkin agentga aylanishi mumkin.

Qayd etilishicha, ushbu ikki futbolchi bilan xayrlashish «Milan»ga maoshlar uchun yiliga qariyb 10 mln yevroni tejash imkonini beradi. Klub moliyaviy xarajatlarni kamaytirish va tarkibdagi o‘zgarishlarni davom ettirishni ko‘zlamoqda.

Manba Tomorining yanvar oyidayoq jamoani tark etishi mumkinligini ham istisno qilmagan. Loftus-Chik esa katta ehtimol bilan shartnomasi yakunlanguniga qadar «Milan» safida qoladi.

Ma’lumot uchun, «Milan» Italiya chempionatining besh turidan so‘ng 11 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining beshinchi pog‘onasida bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar