Italiyaning «Milan» klubi sobiq futbolchisi Alessandro Matri klubning chempionlik uchun kurash istiqbollariga shubha bilan qarashini yashirib o‘tirmadi. U chiroyli o‘yinlarga qaramay, bu sodir bo‘lmaydi deb hisoblaydi.
«Milan» skudettoga da’vo qiladimi? Chindan ham bunday bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Garchi jamoa ajoyib futbol ko‘rsatishga qodir deb hisoblasam ham. Men «yo‘q» deyman, chunki «Inter»ni boshqalardan ustun qo‘yaman. «Milan» kuchli o‘yinchilar - Mario Xila, Diyegu Moreyra bilan tarkibini kuchaytirdi va biz Kristian Pulishich qanday muhim rol o‘ynay boshlaganini ko‘rmoqdamiz, biroq Ruben Amorimga o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi» - deya Matrining so‘zlaridan iqtibos keltirdi pianetamilan.it.
Ma’lumot uchun, «Milan» A Seriya yangi mavsumida 5-turdan keyin 11 ochko bilan 5-pog‘onani egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta jamoa 2022-yilda chempion bo‘lgan.