Bugun
22
O'zbek

«Milan» Tomori va Loftus-Chik bilan xayrlashmoqchi

Futbol
27 sentabr, 06:31
    4
«Rossoneri» ikki futbolchining 2027-yil yozida yakunlanadigan shartnomalarini uzaytirmaslikka qaror qilgan.
«Milan» Tomori va Loftus-Chik bilan xayrlashmoqchi
Foto: Getty Images

«Milan» himoyachi Fikayo Tomori va yarimhimoyachi Ruben Loftus-Chik bilan hamkorlikni davom ettirmaydi. Ularning klublari bilan amaldagi shartnomalari 2027-yil yozida yakunlanadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Manba xabariga ko‘ra, «Milan» Tomorini qishki transfer oynasida sotishga tayyor. Loftus-Chik esa shartnomasi yakunlangach, klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Qayd etilishicha, ushbu ikki futbolchining ketishi «Milan»ga maosh xarajatlaridan 10 million yevro tejash imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Tomori «Milan» safida 2021-yil yozidan beri o‘ynamoqda. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli himoyachining bozor qiymati 10 million yevroga baholangan.

Loftus-Chik esa 2023-yil yozida «Milan» safiga qo‘shilgan. 30 yoshli yarimhimoyachining Transfermarkt tomonidan baholangan bozor qiymati 8,5 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar