Bugun
22
O'zbek

«Milan» Shevchenkoga murojaat qildi

Futbol
29 sentabr, 05:02
Ukrainalik sobiq forvard bugun, 29-sentyabr kuni tavallud ayyomini nishonlamoqda.
«Milan» Shevchenkoga murojaat qildi
Foto: Gettyimages

Afsonaviy ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenko bugun, 29-sentyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Kiyevning «Dinamo», «Milan» va «Chelsi» klublarining sobiq futbolchisi 50 yoshga to‘ldi.

Italiya klubi matbuot xizmati Shevchenkoni yubiley bilan tabrikladi.

«Barcha davrlarning eng buyuk hujumchilaridan biri. Sheva, sen uchun», - deyiladi «rossoneri»ning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Shevchenko 1999-yildan — 2006-yilgacha, shuningdek, 2008 — 2009-yilgi mavsumda «Milan» safida to‘p tepgan. Jamoa bilan ukrainalik hujumchi A Seriya chempionligi, Italiya kubogi sohibi va UYEFA Chempionlar Ligasi bosh kubogini yutib olgan. 2004-yilda hujumchi «Oltin to‘p» sovrinini ham qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar