Bugun
22
O'zbek

«Barselona» Alvaresni transfer qilishning yangi yo‘lini o‘ylab topdi

Futbol
30 sentabr, 05:20
Kataloniya klubi argentinalik hujumchini qo‘lga kiritish uchun futbolchi almashinuvidan foydalanishni rejalashtirmoqda.
«Barselona» Alvaresni transfer qilishning yangi yo‘lini o‘ylab topdi
Foto: Getty Images

«Barselona» Madridning «Atletiko» klubida to‘p tepayotgan Xulian Alvaresni tarkibiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Fichajes xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar argentinalik hujumchi uchun futbolchi almashinuvi va qo‘shimcha mablag‘ taklif qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» ehtimoliy kelishuv doirasida Frenki de Yong, Alexandro Balde yoki Dani Olmoni «Atletiko»ga taklif qilishi mumkin. Biroq hozircha klublar o‘rtasida ushbu transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralar boshlanganicha yo‘q.

«Barselona» yozgi transfer oynasida ham Alvaresni sotib olishga urinib ko‘rgan. Ammo «Atletiko» o‘zining asosiy futbolchilaridan birini sotishdan bosh tortgan. Endilikda kataloniyaliklar futbolchi almashinuvi orqali ushbu transferni amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Alvares ushbu mavsumda barcha turnirlar doirasida 4 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchi «Atletiko»ga 2024-yil yozida «Manchester Siti»dan ko‘chib o‘tgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar