Bugun
22
O'zbek

«Man Siti» yosh futbolchi bo‘yicha «Barselona» va «Real»dan ustun keldi

Futbol
30 sentabr, 02:30
Kavan Sallivan 18 yoshga to‘lganidan keyin Angliya klubiga qo‘shilishi rejalashtirilgan.
«Man Siti» yosh futbolchi bo‘yicha «Barselona» va «Real»dan ustun keldi
Foto: Getty Images

«Filadelfiya Yunion» yarimhimoyachisi Kavan Sallivan faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettiradi. Ingliz klubi yosh futbolchi bilan kelishuvga avvalroq erishgan va transfer uning 18 yoshga to‘lganidan keyin amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

So‘nggi vaqtlarda «Manchester Siti»ga Premyer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlik uchun ehtimoliy sanksiyalar tahdidi sabab kelishuv amalga oshmay qolishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq insayder Fabritsio Romano bu ma’lumotlarni rad etdi.

Manbaga ko‘ra, 17 yoshli amerikalik futbolchi rejalashtirilganidek «Manchester Siti» safiga qo‘shiladi. Uning ingliz klubi bilan uzoq muddatli kelishuvi ham o‘z kuchida qoladi.

Avvalroq Kavan Sallivanga «Barselona» va Madridning «Real» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq Romano ma’lumotlariga ko‘ra, bu klublar futbolchini «Manchester Siti»dan olib qololmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kavan Sallivan 28-sentabr kuni 17 yoshni qarshi oldi. U «Filadelfiya Yunion» safida yarimhimoyachi sifatida o‘ynamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Philadelphia Union Philadelphia Union
  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar