Bugun
22
O'zbek

Bellinghem Angliya milliy jamoasi tarixidagi uchinchi eng yosh sardor bo‘ldi

Futbol
30 sentabr, 01:30
    7
23 yoshli yarimhimoyachi Chexiyaga qarshi bahsda sardorlik bog‘ichini taqdi.
Bellinghem Angliya milliy jamoasi tarixidagi uchinchi eng yosh sardor bo‘ldi
Foto: Getty Images
29.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Chexiya Chexiya 0 : 2 Angliya Angliya

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem Angliya milliy jamoasi tarixidagi uchinchi eng yosh sardorga aylandi.

23 yoshli futbolchi Millatlar ligasining Chexiyaga qarshi bahsida 71-daqiqada Harri Keynning o‘rniga maydonga tushdi va undan sardorlik bog‘ichini qabul qilib oldi. Shu tariqa Bellinghem «uch sherlar» tarixida sardor sifatida maydonga tushgan eng yosh futbolchilar orasida uchinchi o‘ringa chiqdi.

Madrid Zone ma’lumotiga ko‘ra, Angliya milliy jamoasi tarixida undan yoshroq sardor bo‘lgan futbolchilar Bobbi Mur va Maykl Ouen hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Chexiyaga qarshi bahsda Angliya 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. G‘oliblar safida Entoni Gordon va Harri Keyn gol urdi. Bellingem esa bahsning so‘nggi qismida jamoasiga sardor sifatida boshchilik qildi.

Yarimhimoyachi 2020-yilda Angliya milliy jamoasidagi debyutidan buyon 58 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, Angliyaning navbatdagi bahsi 3-oktabr kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkaziladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chexiya Chexiya
  • Angliya Angliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar