Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa sardori Harri Keynning Millatlar ligasidagi barcha bahslarda asosiy tarkibda maydonga tushish istagi haqida gapirdi.
«Bavariya» hujumchisi ushbu yig‘in doirasida «uch sherlar»ning to‘rtta bahsida ham asosiy tarkibda o‘ynashni juda xohlashini bildirgan. Tuxel esa futbolchilarni muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushirish qiyin bo‘lishini ta’kidladi.
«Rostini aytsam, men rotatsiyadan mamnuniyat bilan voz kechgan bo‘lardim, ammo buning imkoni borligiga ishonchim komil emas. Ideal holatda har safar biz to‘liq ishonadigan kamida olti-yetti nafar asosiy futbolchini maydonga tushirgan bo‘lardik. Ularga mas’uliyat yuklab, ishonchimizni his qilishlariga imkon bergan bo‘lardik, ammo bunday qilish qiyin. Ko‘ramiz», — deya Tuxelning so‘zlarini Standard keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya milliy jamoasi avvalgi bahsda Ispaniyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. Keyingi bellashuvlarda inglizlar 29-sentabr kuni safarda Chexiya, 3-oktabr kuni safarda Xorvatiya va 6-oktabr kuni o‘z maydonida yana Chexiyaga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Harri Keyn ayni vaqtda «Bavariya» safida to‘p tepmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi