Angliya milliy jamoasi UYEFA Millatlar ligasining 2026/2027-yilgi mavsumi dastlabki turida Ispaniya milliy jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va uch yoki undan ortiq gol o‘tkazib yuborgan holda antirekord qayd etdi.
BBC xabariga ko‘ra, inglizlar 1995-yil iyun oyidan beri birinchi marta ketma-ket ikkinchi o‘yinda uchta va undan ortiq to‘p o‘tkazib yuborgan. Avvalgi uchrashuvda Tomas Tuxel shogirdlari 2026-yilgi jahon chempionatida uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etgandi. So‘nggi bor bu kabi omadsizlik ro‘y berganda inglizlar Shvetsiya (3:3) va Braziliya (1:3) bilan ketma-ket ikkita o‘rtoqlik o‘yinida (8 va 11-iyun) oltita gol o‘tkazib yuborgan edi.
Barcha musobaqalardagi so‘nggi 6 o‘yinda Angliya milliy jamoasi 13 ta gol o‘tkazib yubordi, bu Tuxel boshchiligidagi dastlabki 17 ta o‘yindan (7) deyarli ikki baravar ko‘pdir. «Uch sherlar» birinchi bo‘lim yakunida hisobda oldinda bo‘lsa-da, yakunda mag‘lub bo‘ldi. Bu 2019-yil iyun oyidan beri birinchi marta sodir bo‘lmoqda.
O‘tgan vaqt mobaynida jamoa tanaffusga g‘olib sifatida chiqib ketgan 42 o‘yinning 41 tasida g‘alaba qozondi. 1 ta bahs esa durang bilan yakunlangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi