Bugun
27
O'zbek

«Meni yomon ko‘ring yoki seving — menga baribir» — Yamal

Futbol
27 sentabr, 07:50
Lamin Yamal Ispaniyaning Angliyaga qarshi g‘alabasidan keyin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fikr bildirdi.
«Meni yomon ko‘ring yoki seving — menga baribir» — Yamal
Foto: Getty Images
26.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Angliya Angliya 2 : 3 Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichining 1-turida Angliyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. «Barselona» vingeri Lamin Yamal bahsning 2-daqiqasidayoq hisobni ochdi.

19 yoshli futbolchi bellashuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘yindan olingan surat va videolarni e’lon qildi.

«Meni yomon ko‘ring yoki seving — menga baribir», — deb yozdi Yamal.

Yamal ushbu bahsda Ispaniya hujumining asosiy vakillaridan biri bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar