Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn Millatlar ligasi doirasida Ispaniyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Angliya ushbu bahsda amaldagi jahon chempionlariga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Keynning fikricha, uning jamoasi yaxshi harakat qilgan bo‘lsa-da, Ispaniya hal qiluvchi vaziyatlarda o‘z darajasini ko‘rsata olgan.
«Biz haqiqatan ham yaxshi o‘ynadik, ammo Ispaniya bejizga jahon chempioni emas. Ular nima uchun bunday yuqori darajada ekanini ko‘rsatishdi», — dedi Keyn.
Angliyalik hujumchi uchrashuv davomida penaltidan gol ura olmadi. Keyn 11 metrlik zarbani aniq amalga oshira olmagan vaziyatga ham izoh berdi.
«Amalga oshirilmagan penalti? Men shunchaki sirpanib ketdim. Bu omadsiz vaziyat edi», — dedi 33 yoshli futbolchi.
Shu tariqa, Angliya milliy jamoasi beshta gol urilgan sermahsul bahsda Ispaniyadan mag‘lubiyat qabul qilib oldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi