Yevropada Millatlar ligasi 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Angliya Londonda Ispaniyaga qarshi bellashdi. Gollarga boy kechgan bahsda «qizil furiya» 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Gordon va Keyn inglizlar safida gollarga mualliflik qildi. Garri ikkinchi bo‘limda penaltidan foydalana olmadi. Yamal, Baena va Oyarzabal ispaniyaliklarning gollarini urdi.
Xorvatiya Pragada Chexiyadan ustun keldi. 41 yoshli Luka Modrich bellashuvda ajoyib gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Millatlar Ligasi. 1-tur
Angliya — Ispaniya 2:3
Gollar: Gordon 36, Keyn 40 – Yamal 2, Baena 60, Oyarzabal 74.
Angliya: Trafford, Konsa, Gehi, O'Rayli, Kuansa, Anderson, Saka (Gibbs-Uayt, 83), Bellinghem, Gordon (Rojers, 70), Lyuis-Skelli (Garner, 70), Keyn (Kalvert-Lyuin, 83).
Ispaniya: Simon, Erik Garsiya, Laport, Kukurelya, Rodri, Ruiz (Pedri, 70), Olmo (Merino, 82), Yamal, Uilyams (Baena, 55), Torres (Oyarzabal, 55).
Ogohlantirishlar: O’Rayli 67, Gehi 69, Bellinghem 81.
Foydalanilmagan penalti: Keyn 54.
Chexiya – Xorvatiya 1:2
Gollar: Karabes 54 – Modrich 47, Pasalich 77
Xorvatiya – Livakovich, Stanisich, Vuskovich, Gvardiol, Perishich, Modrich (Michich, 76), Kovachich, L. Suchich (Pasalich, 63), R. Suchich, Ivanovich (M.Pasalich, 63), Matanovich (Budimir, 63).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi