Live
1
O'zbek

Fransiyada 22 yoshli futbolchi mashg‘ulot vaqtida vafot etdi

Futbol
12 noyabr, 00:30
    2
Himoyachining vafotiga yurak faoliyatining to‘xtashi sabab bo‘lgan.
Fransiyada 22 yoshli futbolchi mashg‘ulot vaqtida vafot etdi
Foto: Morocco World News

Fransiyaning «Sen-Deni» klubi himoyachisi Vanis Onsor 22 yoshida yurak faoliyatining to‘xtashi oqibatida vafot etdi. Bu haqda futbolchi tarbiyalangan «Ruan» klubi xabar berdi.

11-noyabr kuni «La Jamayk» stadionida o‘tkazilgan mashg‘ulot paytida Onsorning ahvoli yomonlashgan. Jamoadoshlari unga birinchi yordam ko‘rsatib, hayotini saqlab qolishga uringan, ammo buning imkoni bo‘lmagan.

«Vanisning to‘satdan vafot etganini chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. U klubimizda tarbiyalangan, yoshlar va zaxira jamoalarida o‘ynagan. Oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz», — deyiladi «Ruan» klubi bayonotida.

Ma’lumot o‘rnida, Onsor 2023/2024-yilgi mavsumda «Ruan» asosiy jamoasida 3 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Futbolchi 2026-yil yanvar oyida «Sen-Deni» safiga qo‘shilgandi. Uning vafotidan so‘ng klub «Sen-Peruaz»ga qarshi bo‘lajak uchrashuvni bekor qildi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar