Live
1
O'zbek

Kurtua Mourinyoning xabariga ikki hafta javob bermaganini aytdi

Futbol
11 noyabr, 22:50
    2
«Real» darvozaboni Joze bilan bog‘liq qiziqarli voqeani esladi.
Kurtua Mourinyoning xabariga ikki hafta javob bermaganini aytdi
Foto: Getty Images

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan bog‘liq qiziqarli voqeani esladi.

Belgiyalik futbolchi portugaliyalik mutaxassisning xabarini tasodifan ikki hafta davomida javobsiz qoldirganini ma’lum qildi.

«Uning birinchi xabariga ikki hafta javob bermaganimni eslayman. Bu ataylab bo‘lmagan. O‘sha paytda biz jahon chempionatida ishtirok etayotgandik.

Mourinyo xabar yuborgan kuni samolyotda edik. Vaqt farqi va samolyotda Wi-Fi bo‘lmagani sabab bir nechta xabarni o‘tkazib yuborganman. Ularning orasida Mourinyoning xabari ham borligini bilmaganman», — dedi Kurtua.

Eslatib o‘tamiz, Kurtua va Mourinyo 2014–2015-yillarda «Chelsi»da birga ishlagan. Ayni paytda esa belgiyalik darvozabon yana portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida — bu safar Madridning «Real» klubida faoliyat olib bormoqda.

Avvalroq Kurtua faoliyatini «Real»da yakunlamoqchi ekani haqida gapirib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar