«Real» hujumchisi Vinisius Junior jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Vinisius yuzaga kelgan vaziyatni tushunmoqda va bosh murabbiy Joze Mourinoning qarorini hurmat qilmoqda.
Braziliyalik futbolchi tarkibdagi o‘rnini qaytarib olish va yana o‘yinlar taqdirini hal qila oladigan futbolchiga aylanish uchun astoydil mehnat qilish niyatida.
Ma’lumot uchun, Vinisius bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Real» La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va yetakchi «Barselona»dan uch ochko ortda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik vinger 2018-yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi