Live
1
O'zbek

Garsiya Angliyaga qarshi bahsda o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘ulotlarida jarohat olgan

Futbol
27 sentabr, 14:50
Erik ushbu bellashuvda Ispaniyaning asosiy tarkibiga kiritilgandi.
Garsiya Angliyaga qarshi bahsda o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘ulotlarida jarohat olgan
Foto: Getty Images
26.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Angliya Angliya 2 : 3 Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi Erik Garsiya Millatlar Ligasi doirasida Angliyaga qarshi uchrashuv boshlanishi arafasida jarohat olgan.

«Barselona»ning 25 yoshli futbolchisi «Uembli»da o‘tkazilgan bahs uchun Ispaniyaning asosiy tarkibiga kiritilgandi. Biroq Garsiya o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘ulotlarida jarohat oldi va shoshilinch ravishda boshlang‘ich tarkibdan chiqarildi. Uning o‘rnini Mark Pubill egalladi.

«Erik Garsiya chigalyozdi mashg‘ulotlar paytida yengil jarohat oldi. Jiddiy narsa sodir bo‘lmaganga o‘xshaydi. Ertaga aniq bilamiz», — dedi Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente.

Hozirda Erikning jarohati bo‘yicha qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan keyin aniq ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi jahon chempionlari «Uembli»da Angliyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Ispaniya tarkibida Lamin Yamal, Aleks Baena va Mikel Oyarsabal bittadan gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar