Bugun
45
O'zbek

Modrich Xorvatiya milliy jamoasidagi o‘z rekordini yangiladi

Futbol
27 sentabr, 23:25
Luka milliy jamoasida 41 yosh-u 18 kunligida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Modrich Xorvatiya milliy jamoasidagi o‘z rekordini yangiladi
Foto: Yahoo Sports
26.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Chexiya Chexiya 1 : 2 Xorvatiya Xorvatiya

Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich Millatlar Ligasi doirasidagi Chexiyaga qarshi uchrashuv (2:1)da gol urib, navbatdagi tarixiy natijani qayd etdi.

41 yoshli futbolchi ushbu bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, Xorvatiya milliy jamoasi safidagi gollari sonini 30 taga yetkazdi.

Modrich 41 yosh-u 18 kunligida gol urib, Xorvatiya milliy jamoasi tarixida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan eng katta yoshdagi futbolchi sifatidagi o‘z rekordini yangiladi. U avvalgi rekordini bundan 112 kun oldin, Sloveniya milliy jamoasiga qarshi uchrashuvda o‘rnatgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Xorvatiya milliy jamoasini oldinda yana uchta muhim uchrashuv kutib turibdi. Jamoa dastlab Ispaniya, keyin Angliya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Shundan so‘ng xorvatiyaliklar 6 oktabr kuni amaldagi jahon chempioni Ispaniya bilan yana bir bor kuch sinashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chexiya Chexiya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar