Bugun
45
O'zbek

Mancini: «Barcha futbolchilar maqtovga loyiq»

Futbol
28 sentabr, 23:00
    8
Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Turkiyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Mancini: «Barcha futbolchilar maqtovga loyiq»
Foto: Getty Images
28.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Turkiya Turkiya 1 : 4 Italiya Italiya

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Mancini Millatlar Ligasi guruh bosqichi 2-tur doirasida Turkiya ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoasi o‘yiniga baho berdi.

«Barcha futbolchilar maqtovga loyiq. Ular ajoyib o‘yin o‘tkazishdi. Maydon holati juda og‘ir bo‘lishiga qaramay, yigitlar haqiqatan ham yuqori saviyada harakat qilishganidan mamnunman.

Ular ko‘plab jihatlarda to‘g‘ri harakat qilishdi. Futbolchilar uchun xursandman, chunki ular bunday natijaga munosib edilar», — dedi Mancini.

Mutaxassis Fransiyaga qarshi navbatdagi uchrashuv haqida ham fikr bildirdi.

«Hozir aynan shu o‘yin haqida o‘ylayapmiz. Keyin esa futbolchilarning kuchini tiklashga harakat qilamiz. Tarkibimizda hali maydonga tushmagan va kuchga to‘la futbolchilar ham bor», — dedi u.

Shuningdek, Mancini Italiya milliy jamoasida ilk o‘yinini o‘tkazgan futbolchilarning harakatlarini ham alohida e’tirof etdi.

«Birinchi o‘yin uchun ular o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishdi. Shuning uchun ularni tabriklayman», — deya qo‘shimcha qildi italiyalik mutaxassis.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Turkiya Turkiya
  • Italiya Italiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar