Bugun
23
O'zbek

Millatlar ligasi. Olise Fransiyani peshqadamga aylantirdi, Italiya Turkiyaga 4 ta gol urdi

Futbol
28 sentabr, 16:45
    1
Shvetsiya va Bosniyada ham ishonchli g‘alaba.
Millatlar ligasi. Olise Fransiyani peshqadamga aylantirdi, Italiya Turkiyaga 4 ta gol urdi
Foto: Getty Images
28.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Belgiya Belgiya 0 : 1 Fransiya Fransiya

Millatlar ligasida 2-tur bahslari davom ettirildi.

A ligasi 1-guruhida ilk turda g‘alaba qozongan Belgiya (3) va Fransiya (6) o‘zaro to‘qnash keldi. Bellashuv taqdirini Olisening 88-daqiqadagi goli hal qildi. Bursada esa Italiya (3) Turkiyani (0) yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

B ligasi 4-guruhida Shvetsiya (6) Polshadan (1) ustun kelib, peshqadamligini mustahkamladi. Bosniya (4) esa safarda Ruminiya (1) darvozasini 4 bor ishg‘ol qildi.

B ligasi 2-guruhida Vengriya (1) Shimoliy Irlandiyaga (4) gol urolmadi. Avvalroq Gruziya (1) va Ukraina (4) ham nursiz durang qayd etishgandi.

Millatlar ligasi. 2-tur. 28 sentyabr
A ligasi, 1-guruh
Belgiya — Fransiya 0:1

Gol: Olise (88).
Belgiya — Lammens, Kastan, Ngoy, Mehele, Seys (de Kuyper, 68), Lavia (Raskin, 85), Tilemans, Moreyra (Lukebakio, 63), Godts, de Bruyne (Vanaken, 63), de Ketelare (Fernandes-Pardo, 85).
Fransiya — Menyan, Kalulu, Jake, Lakrua, Diuf, Akliush (Sherki, 77), Kamavinga, da Kunya (Kone, 90), Deyu, Barkolya (Olise, 77), Lepol (Dembele, 68).
Ogohlantirishlar: Moreyra (42), de Bruyne (57), Tilemans (66).

Turkiya — Italiya 1:4
Gollar: Yilmaz (47) — Bastoni (9), Frattezi (22), Kayode (27), F.Esposito (50).
Turkiya — Bayindir, Chelik, Demiral (Bardakchi, 46), Qoboq, Aydin, Ko‘kchu (Yuksak, 46), O‘zjan (Tiknaz, 76), Elmali, Guler, Uzun (Akturko‘g‘li, 46), Yilmaz (Gul, 80).
Italiya — Donnarumma, Kayode, Skalvini, Bastoni, Ruggeri, Frattezi (Di Lorenso, 83), Tonali, Fajoli (Romano, 76), Raspadori (Kambiyagi, 46), S.Esposito (Dumbia, 63), F.Esposito (Skamakka, 75).
Ogohlantirishlar: Uzun (38), Yilmaz (54), Qoboq (72).

B ligasi, 2-guruh
Shimoliy Irlandiya — Vengriya 0:0

B ligasi, 4-guruh
Shvetsiya — Polsha 3:1

Gollar: Nyugren (8), Ayyari (63), Gokeresh (72) — Shimanskiy (43).

Ruminiya — Bosniya va Gertsegovina 2:4
Gollar: Birlicha (28), Chikildeu (62) — Gigovich (12), Muharramovich (19), Tabakovich (40), Mahmich (55).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Fransiya Fransiya
  • Italiya Italiya
  • Turkiya Turkiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar