Live
6
O'zbek

Zidan: «Azar «Real»da «Chelsi»dagi o‘yinini ko‘rsata olmagani achinarli»

Futbol
28 sentabr, 03:30
    9
Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi belgiyalik sobiq futbolchi haqida fikr bildirdi.
Zidan: «Azar «Real»da «Chelsi»dagi o‘yinini ko‘rsata olmagani achinarli»
Foto: Getty Images
54’ UEFA Millatlar ligasi. A liga Belgiya Belgiya 0 : 0 Fransiya Fransiya

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Belgiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Eden Azar haqida fikr bildirdi.

Bugun, 28 sentyabr kuni fransiyaliklar Millatlar Ligasi doirasida safarda Belgiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Zidandan «Real»da birga ishlagan Azar haqida so‘rashdi.

«Afsuski, jismoniy muammolar sabab Azar «Real»ga o‘zi xohlagan narsalarni bera olmadi. Shunga qaramay, u bilan ishlagan davrimdan yaxshi xotiralar qolgan.

Eden bilan munosabatlarimiz ancha yaxshi. U ajoyib inson va ajoyib futbolchi. U Madridda «Chelsi»dagi kabi o‘zini ko‘rsata olmagani achinarli», — dedi Zidan.

Ma’lumot o‘rnida, Azar 2019 yilda «Chelsi»dan «Real»ga o‘tgan va 2023 yilga qadar Madrid klubi sharafini himoya qilgan. Belgiyalik sobiq vinger «qirollik klubi»ni tark etgach, professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Ayni paytda Azar 35 yoshda.

Avvalroq Zidan sartaroshlarga Fransiya milliy jamoasi bazasiga kirishni taqiqlagani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Fransiya Fransiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar