Germaniya milliy jamoasi UEFA Millatlar ligasi-2026/27 mavsumining 2-turida Gretsiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoa bosh murabbiy Yurgen Klopp qo‘l ostida ilk turda Niderlandiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
Shu tariqa, 59 yoshli mutaxassis Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiylari tarixida dastlabki ikki bahsdagi natija bo‘yicha eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Klopp boshqaruvidagi jamoa ikki bahsda bir ochko jamg‘ardi.
Ma’lumot uchun, bungacha Germaniya milliy jamoasini boshqargan Zep Herberger va Helmut Shen ham dastlabki ikki bahsida g‘alaba qozona olmagan. Herberger 1936 va 1937-yillarda Italiya hamda Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan. Shen esa 1964-yilda Shvetsiya va Italiyaga qarshi bahslarda 1:1 hisobidagi natijalarni qayd etgan. Har ikki murabbiy dastlabki ikki bahsdan ikki ochkodan jamg‘argan.
Eslatib o‘tamiz, Herberger Germaniya milliy jamoasini 1936–1964-yillarda, Shen esa 1964–1978-yillarda boshqargan. Har ikki mutaxassis jamoa bilan jahon chempionatida g‘olib chiqqan.