Live
6
O'zbek

Klopp Germaniya milliy jamoasi natijalarini qanday yaxshilash mumkinligini aytdi

Futbol
28 sentabr, 08:10
    2
Germaniya ustozi mag‘lubiyatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarish va jamoa bo'lib harakat qilish muhimligini ta’kidladi.
Klopp Germaniya milliy jamoasi natijalarini qanday yaxshilash mumkinligini aytdi
Foto: Getty Images
27.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Germaniya Germaniya 0 : 1 Gretsiya Gretsiya

Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning natijalarini qanday yaxshilash mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Sky Sport Germany xabar berdi.

Germaniya milliy jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turlarida Niderlandiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, Gretsiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

«Ko‘ramiz. Bu meni unchalik tashvishga solmaydi. Hayotim davomida o‘zim xohlaganimdan ancha ko‘p bahslarda mag‘lub bo‘lganman. Mag‘lubiyatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarsangiz, hammasi joyida. Ammo, albatta, barchamiz ko‘p narsani o‘zgartirishimiz kerakligini tushunamiz.

Oxir-oqibat, yomon boshlanish yomon yakundan yaxshiroq. Barchamiz bir yo‘nalishda harakat qilamiz, birga bo‘lamiz va hammasi o‘z joyiga tushadi. To‘g‘ri ishlarni qilganingizda, har doim shunday bo‘ladi», — dedi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya milliy jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichining dastlabki ikki turida bir ochko jamg‘argan.

Ma’lumot uchun, nemislar ushbu bahslarda jami bir gol urib, ikki gol o‘tkazib yuborgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Gretsiya Gretsiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar