Live
6
O'zbek

Germaniya o‘z tarixida ilk bor Gretsiyaga mag‘lub bo‘ldi

Futbol
27 sentabr, 23:55
    10
Bunga qadar o‘tkazilgan 10 ta o‘yinda germaniyaliklar 7 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etgandi.
Germaniya o‘z tarixida ilk bor Gretsiyaga mag‘lub bo‘ldi
Foto: Getty Images
27.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Germaniya Germaniya 0 : 1 Gretsiya Gretsiya

Germaniya milliy jamoasi Millatlar Ligasida tarixiy yomon natija qayd etdi.

Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa musobaqa guruh bosqichining 2-turida Gretsiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushib, minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, Germaniya milliy jamoasi o‘z tarixida birinchi marta Gretsiyaga mag‘lub bo‘ldi. Bunga qadar ular ushbu raqibga qarshi biror marta ham yutqazmagandi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi bahsga qadar Germaniya va Gretsiya milliy jamoalari o‘zaro 10 marta to‘qnash kelgan. Ularning yettitasida Germaniya g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana uchta qarama-qarshilikda durang qayd etilgan.

11-o‘zaro uchrashuvda esa Gretsiya milliy jamoasi tarixda ilk bor Germaniya milliy jamoasini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Qayd etish lozim, Yurgen Klopp shogirdlari Millatlar Ligasining 3-turida Serbiya milliy jamoasiga qarshi saf tortadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Gretsiya Gretsiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar