Germaniyaning «Frayburg» klubi sobiq futbolchisi Shtefan Reyzinger Yurgen Kloppning milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishi va uning qo‘l ostidagi dastlabki bahs haqida fikr bildirdi.
«Germaniya Kloppning tayinlanishidan ruhlandi. Uning energiyasi mamlakatni qamrab oldi. Birinchi bahsda hamma narsa ko‘ngildagidek bo‘lmadi, ammo hozirdanoq Klopp jamoasidan nimani kutayotganini tushunish mumkin. Yuqori pressing va yuqori intensivlik», — dedi Reyzinger «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan eksklyuziv intervyusida.
Klopp boshchiligidagi dastlabki bahsda Germaniya milliy jamoasi Niderlandiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Ma’lumot uchun, 59 yoshli mutaxassis ushbu yozda Germaniya milliy jamoasini qabul qilib oldi. Tomonlar to‘rt yillik shartnoma imzolagan.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi