Live
5
O'zbek

Van Bommel: «De Bryuyne jahon chempionatidagiga qaraganda yaxshiroq o‘ynadi»

Futbol
26 sentabr, 15:21
Belgiya ustozi Italiyaga qarshi bahsdan keyin Kevin haqida fikr bildirdi.
Van Bommel: «De Bryuyne jahon chempionatidagiga qaraganda yaxshiroq o‘ynadi»
Фото: Getty Images
25.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Italiya Italiya 0 : 2 Belgiya Belgiya

Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Mark van Bommel Italiyaga qarshi uchrashuvda (2:0) yarimhimoyachi Kevin De Bryuynening namoyish etgan o‘yiniga yuqori baho berdi.

«De Bryuyne jahon chempionatidagiga qaraganda yaxshiroq o‘ynadi. Bu mening xizmatim emas, balki uning o‘ziga bog‘liq. Haqiqatan ham Kevin hozir jahon chempionatidagidan kuchliroq ekanini hisoblayman.

Har bir futbolchi o‘z vazifasini bilsa va undan talab qilinayotgan ishni bajarsa, bizda Kevin kabi o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchi bor. U hamon Belgiya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi bo‘lib qolmoqda», — dedi van Bommel.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli futbolchi Italiyaga qarshi bellashuvda maydonda qariyb bir soat davomida harakat qildi. Belgiya safarda o‘ynaganiga qaramay, raqibini yengishga muvaffaq bo‘ldi. Rimdagi bahsda Godts va Lukebio gollarga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
  • Belgiya Belgiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar