Live
1
O'zbek

Ko‘rfaz kubogi. Iroq 90+9-daqiqada Quvaytga gol urib, g‘alabani ilib ketdi, Saudiya Arabistoni O‘monni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
26 sentabr, 16:17
    1
2-tur o‘yinlari davom etmoqda.
Ko‘rfaz kubogi. Iroq 90+9-daqiqada Quvaytga gol urib, g‘alabani ilib ketdi, Saudiya Arabistoni O‘monni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tayotgan Ko‘rfaz kubogida B guruhining 2-tur bellashuvlari davom etmoqda.

A guruhida Saudiya Arabistoni (6, 1-o‘rin) O‘monni (1, 3-o‘rin) yirik hisobda mag‘lub etdi.

Iroq (4, 2-o‘rin) milliy jamoasi Quvaytga (0, 4-o‘rin) qarshi o‘ynab, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 90+9-daqiqada Nabil g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Iroqliklar safida «Paxtakor» futbolchilari Tahsin to‘liq, Husayn esa zaxiradan maydonga tushdi.

Ko‘rfaz kubogi. 2-tur
Quvayt – Iroq 2:3
Gollar:
Nosir 75 penalti, 90 – Iqbol 52, Rashid 83, Nabil 90+9
Iroq – Basil, Bayesh, Tahsin, Al Imam, Doski, Iqbol (Yahyo, 75), Al Ammari, Qosim (Nabil, 75), Jasim (Husayn, 80), Rashid.

O‘mon – Saudiya Arabistoni 0:3
Gollar:
Al Buraykan 11, 34, Kadesh 18.
Saudiya Arabistoni – Al Ovais, Al Shamat, Tambakti, Kadesh, Al Harbi, Mandash, Hajji (Al Johani, 46), Kanno (Al Hamdan, 71), Al Hammami (Al Dovsari, 63), Al Buraykan, Al Shamat (Mahzari, 79).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
  • Iroq Iroq
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar