Fransiya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Samuel Umtiti Turkiyaga qarshi o‘yinda milliy jamoa yarimhimoyachisi Rayan Sherkining o‘yiniga baho berdi.
«Uning faolligi menga juda yoqdi. Bizga u kabi kreativ o‘yinchilar kerak. Ba’zan u ortiqcha harakatlar qiladi, lekin unga shunchaki ruxsat etilgan chegaralarni chizish kerak. U bu pozitsiyada faqat birinchi o‘yinini o‘tkazdi», - dedi Umtiti After Foot RMC nashriga.
Eslatib o‘tamiz, UYEFA Millatlar ligasi A divizioni guruh bosqichining birinchi turida Fransiya milliy jamoasi safarda Turkiya milliy jamoasini minimal 1:0 hisobida mag‘lub etdi. «Siti» yarimhimoyachisi Sherki deyarli 80 daqiqa o‘ynadi, ammo bevosita samarali harakatlar amalga oshirganicha yo‘q.
Ma’lumot uchun, 2-turda Zinedin Zidan shogirdlari 28-sentyabr kuni Belgiya bilan ro‘baro‘ keladi.