Ispaniya milliy jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Lamin Yamalning fikriga ko‘ra, odamlar uning maydondagi harakatlariga o‘ta qattiqqo‘llik bilan baho berishadi.
«Laminning bitta yomon o‘yini boshqa har qanday futbolchining 400 ta yomon o‘yiniga teng. Men o‘yinni 10 balldan 9 ballga o‘tkazishim mumkin, lekin odamlar buni 10 ballik tizimda 7 ballga loyiq deb aytishadi», — deya Yamalning so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Guardian.
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumda Yamal barcha musobaqalarni inobatga olganda 8 ta bellashuvda maydonga tushdi va 8 ta gol urib, 6 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Lamin Yamalning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Dunyoga mashhur Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchining aktual transfer narxini 220 mln yevroga baholamoqda.