«Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Lamin Yamal futbol maydonida nega qo‘rqmasligini tushuntirdi. Futbolchi bu borada bolalikdagi hayotiy tajribasi unga katta ta’sir qilganini ta’kidladi.
«Futbolda qo‘rquv yo‘q. Men onam futbol o‘ynashim uchun qanday og‘ir mehnat qilganini ko‘rganman. Otam esa ko‘chalarda yurib, men ovqat yeyishim uchun metall-tersak yig‘ganini ko‘rganman. Qo‘rquv nima ekanini mana shu biladi», — dedi Yamal.
Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi hayoti unga yaqinlari haqida qayg‘urish va kerak bo‘lsa, ularga yordam berish imkonini bermoqda.
«Agar hozir mening o‘g‘lim bo‘lsa, unga g‘amxo‘rlik qila olaman. Onam yoki otamga nimadir kerak bo‘lsa, ularga yordam bera olaman. Endi menda bunday qo‘rquv yo‘q», — deya futbolchining so‘zlarini The Guardian keltirdi.
Ma’lumot uchun, Yamal 2023-yildan buyon «Barselona» safida o‘ynamoqda. U klub tarkibida 159 ta bahsda 57 ta gol urib, 58 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.