Lamin Yamal 2026-yilgi jahon chempionati finalidan so‘ng Lionel Messi bilan bo‘lgan suhbat haqida gapirib berdi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
«Hech qanday alohida gap bo‘lmadi. Men shunchaki uning futbol uchun qilgan barcha ishlari uchun juda minnatdor ekanimni aytdim. Unga eng yaxshi futbolchi ekanini aytdim. Men jahon chempionati va Amerika kubogida g‘alaba qozonishidan oldin ham uni doimo eng yaxshi deb bilganman va bunga hech qachon shubha qilmaganman», — dedi Yamal.
Ispaniya 2026-yilgi jahon chempionati finalida Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Hal qiluvchi gol qo‘shimcha bo‘limda Ferran Torres tomonidan kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Uning milliy jamoadagi xayrlashuv bahsi 6-oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.