Live
6
O'zbek

Skaloni velosport bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

Futbol
28 noyabr, 00:20
Argentina bosh murabbiyi o‘z vatanida tashkil etilgan Gran Fondo Siete Lagos velopoygasida ishtirok etdi.
Skaloni velosport bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni ko‘plab futbolchi va murabbiylar singari futboldan tashqari boshqa sport turlariga ham qiziqadi. Xususan, argentinalik mutaxassis velosport bilan muntazam shug‘ullanib keladi.

Yaqinda Skaloni ushbu sport turida jiddiy muvaffaqiyatga erishib, kelasi yili o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi o‘z vatanida tashkil etilgan Gran Fondo Siete Lagos velopoygasida ishtirok etdi. U 110 kilometrlik masofani 2 soat 51 daqiqa 54 soniyada bosib o‘tdi.

Ushbu natija Skaloniga 45-49 yosh toifasidagi erkaklar o‘rtasida 3-o‘rinni egallash imkonini berdi.

Shu tariqa, argentinalik mutaxassis 2027-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan velosport bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Skaloni Argentina milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar