Londonning «Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Roberto de Zerbi yanvar oyida jamoa tarkibini kuchaytirish borasidagi rejalari haqida fikr bildirdi.
Italiyalik mutaxassis yozgi transfer oynasida amalga oshirilgan ishlardan mamnun ekanini, ammo jamoa tarkibini shakllantirish jarayoni hali yakuniga yetmaganini ta’kidladi.
«O‘ylashimcha, hozir juda yaxshi holatdamiz, chunki yozda transfer bozorida ajoyib ish olib bordik. Lekin hali tarkibni shakllantirish ishlarini yakuniga yetkazishimiz kerak.
Ehtimol, uch yoki to‘rtta pozitsiyani kuchaytirarmiz. Nima bo‘lganda ham biz hozir to‘g‘ri yo‘ldamiz», — deya de Zerbi so‘zlarini keltiradi jurnalist Alasdair Gold.
Ma’lumot o‘rnida, APLning ortda qolgan 11 turidan so‘ng «Tottenhem» 15 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Londonliklar ertaga, 29-noyabr kuni 12-tur doirasida safarda «Sanderlend» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:05 da start oladi.