«Tottenhem» klubi vinger Savinio xizmatlaridan yaqin bir necha hafta davomida foydalana olmaydi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Braziliyalik 22 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasi doirasida «Ipsvich»ga qarshi bahsda (2:0) son orqa mushaklaridan olgan jarohati yana qaytalangani oqibatida maydonni tark etishga majbur bo‘lgan.
Savinio 2026-yilning yozida «Tottenhem» futbolchisiga aylangan. Futbolchi londonliklar safida hozirga qadar 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Bunga qadar futbolchi ikki mavsum davomida «Manchester Siti»da zaxira o‘yinchisi sifatida harakat qilgan. Savinio Braziliyaning «Atletiko Mineyro» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.