Argentinalik sobiq futbolchi Karlos Teves futbolchilik faoliyati bilan xayrlashuv uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mazkur bahs 20-dekabr kuni «Boka Xuniors» klubining uy stadionida bo‘lib o‘tadi.
TyC Sports nashri xabar berishicha, xayrlashuv uchrashuvida jahon futbolidagi olti nafar mashhur yulduz ishtirok etishi tasdiqlangan. Ular orasida Argentina milliy jamoasining sobiq hujumchisi Lionel Messi ham bor.
Hozircha uchrashuvda ishtirok etishi tasdiqlangan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha: Lionel Messi, Serxio Aguero, Janluiji Buffon, Martin Palermo, Rio Ferdinand, Leandro Paredes.
Ma’lumot uchun, Teves faoliyati davomida «Vest Hem», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Yuventus» klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Xitoyda o‘ynagan.