«An Nasr» sardori Krishtianu Ronaldu 2027-yilning yozida professional futbolchilik faoliyatini yakunlash yoki yakunlamaslik borasida hali bir qarorga kelmagan.
Jurnalist Abdulaziz Al Osaymiyning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berishicha, portugaliyalik 41 yoshli futbolchi yaqinlariga kelajagi borasida hozircha aniq bir to‘xtamga kelmaganini aytgan.
Qayd etilishicha, Ronaldu kelajagi haqidagi yakuniy qarorni mavsum oxirigacha kechiktirishni ma’qul ko‘rmoqda. U mavsum yakunlanganidan so‘ng vaziyatni baholab, keyin bir to‘xtamga keladi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu 2023-yil yanvar oyidan buyon «An Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.
Ayni vaqtda Ronaldu klub va milliy jamoa miqyosidagi faoliyati davomida jami 987 ta gol urishga erishgan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etmoqda.