Live
18
O'zbek

«MYU» Arauxoga e’tibor qaratdi

Futbol
26 noyabr, 12:40
Maksimilianoning Lissabon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.
«MYU» Arauxoga e’tibor qaratdi
Фото: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi va «Sporting» himoyachisi Maksimiliano Arauxo faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.

Sport Witness nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mankunianliklar 26 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Arauxoning o‘zi ham Angliya klubiga o‘tishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, futbolchining shartnomasida 80 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan bo‘lsa-da, «Sporting» uni 50–60 million yevro evaziga sotishi mumkin. Biroq «qizil iblislar» yanvar oyida bu miqdordagi taklif bilan chiqmasligi ham ehtimoldan xoli emas.

Qayd etish joiz, Maksimilianoning Lissabon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar