Live
18
O'zbek

Kin: «MYu» Chempionshipga tushib ketmaydi»

Futbol
26 noyabr, 11:33
«Qizil iblislar» 19-o‘rinda bormoqda. Manchesterliklar hisobida atigi 8 ochko bor.
Kin: «MYu» Chempionshipga tushib ketmaydi»
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Roy Kin Maurisio Pochettino boshqaruvidagi jamoa yaqin orada qiyin vaziyatdan chiqib ketishiga ishonmoqda.

Angliya Premyer-ligasining 11-turidan keyin «qizil iblislar» 19-o‘rinda bormoqda. Manchesterliklar hisobida atigi 8 ochko bor.

«Manchester Yunayted» Chempionshipga tushib ketmaydi. Yaqin bir necha hafta ichida ular turnir jadvalida yuqorilashadi va mavsum yakuniga kelib kuchli o‘nlikdan joy olishadi. Shanba kuni esa «Brentford»ni mag‘lub etishadi», — deya Kinning so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Manchester Yunayted» Angliya chempionatining 12-turi doirasida 28-noyabr kuni «Brentford»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar