O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 26-noyabr kuni Jenevada (Shveytsariya) bo‘lib o‘tayotgan jahon shaxmat toji uchun matchning uchinchi partiyasida amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan yana durang o‘ynadi.
Matchni Sindarov oq donalarda boshladi. Tomonlar 60-yurishga kelib vaziyat uch marta takrorlangani sababli bahs durang bilan yakunlandi. Shu tariqa, ikki partiyadan so‘ng matchdagi umumiy hisob 1,5:1,5 ko‘rinishiga keldi.
To‘rtinchi partiya 28-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.
Jahon shaxmat toji uchun bahs klassik vaqt nazorati ostida 14 tagacha partiyani o‘z ichiga oladi. Titulni qo‘lga kiritish uchun grossmeysterlardan biri 7,5 ochko to‘plashi zarur. Agar klassik partiyalar yakuniga ko‘ra hisob 7:7 bo‘lib qolsa, g‘olib tay-brekda aniqlanadi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi. Klassik partiyadagi har bir g‘alaba uchun 200 ming dollar miqdorida mukofot puli ko‘zda tutilgan. Qolgan summa ishtirokchilar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi