Yevropa konferensiyalar ligasining 4-turida «Qayrat» va «Melbyu» jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Olmaotadagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni 14-daqiqada «Qayrat» himoyachisi Yerkin Tapalov kiritdi.
Umumiy bosqichning 5-turida «Melbyu» 10-dekabr kuni o‘z maydonida «Pafos»ni qabul qiladi. «Qayrat» esa shu kuni «Universitatya»ga qarshi o‘z maydonida bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Konferensiyalar ligasining amaldagi g‘olibi — Angliyaning «Kristal Pelas» klubi.
YKL. 4-tur
Qayrat – Melbyu 1:0
Gol: Tapalov 14.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi