«Manchester Yunayted» qishki transfer oynasida Senne Lammensga raqobatchi bo‘ladigan yangi darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Express Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar qiziqish doirasidagi nomzodlardan biri ispaniyalik darvozabon Serxio Riko hisoblanadi. Ayni vaqtda u erkin agent maqomiga ega.
Shuningdek, o‘tgan yozda Buxarestning «Rapid» klubini tark etgan Benyamin Zigrist varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.
Nomzodlar orasidagi eng yosh futbolchi esa 26 yoshli angliyalik Eten Grin hisoblanadi. U 2026 yil yozidan buyon klubsiz yuribdi. Uning so‘nggi jamoasi Daniyaning «Frederisiya» klubi bo‘lgan.
Ro‘yxatdan o‘rin olgan yana bir darvozabon — 32 yoshli Bruno Varela. Uning so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining «Al Hazm» jamoasi bo‘lib, futbolchi yozda ushbu klubni tark etgan.