«Manchester Yunayted» hujumchi Markus Reshford bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Transfer qiymati 35 million yevroga baholanayotgan futbolchiga «Everton» va Turkiyaning «Fenerbahche» klublari qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, qishki transfer oynasida «Manchester Yunayted» safiga yangi hujumchining kelishi Reshfordning jamoani tark etish ehtimolini oshirmoqda.
29 yoshli futbolchi ushbu mavsumda APL doirasida oltita bahsda maydonga tushgan, biroq hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmagan.
Eslatib o‘tamiz, Markus Reshfordning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.