Live
1
O'zbek

«Barselona» va «Real» Holand transferini yana ko‘rib chiqmoqda

Futbol
26 noyabr, 06:40
Ispaniya grandlari norvegiyalik hujumchining ehtimoliy transferi shartlarini o‘rganmoqda.
«Barselona» va «Real» Holand transferini yana ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand hamon «Real» va «Barselona» klublari qiziqishlari doirasida qolmoqda.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyaning ikki grand klubi norvegiyalik futbolchining kelasi yildagi ehtimoliy transferi shartlarini o‘rganish maqsadida vositachilar bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi. «Barselona» va «Real» transferning moliyaviy shartlari hamda kelishuvni amalga oshirish mexanizmlarini baholamoqda.

26 yoshli hujumchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Erling Holandning transfer qiymatini 220 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar