Live
4
O'zbek

«MYU» so‘nggi 9 ta bahsda 5 ta qizil kartochka oldi

Futbol
26 noyabr, 05:30
«Qizil iblislar»ning navbatdagi futbolchisi «Sporting»ga qarshi bahsda maydondan chetlatildi.
«MYU» so‘nggi 9 ta bahsda 5 ta qizil kartochka oldi
Foto: Getty Images
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Sporting CP Sporting CP 2 : 2 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Yuri Tilemansning Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida «Sporting»ga qarshi bahsda (2:2) maydondan chetlatilishi jamoa uchun so‘nggi to‘qqizta o‘yindagi beshinchi qizil kartochka bo‘ldi.

Bungacha himoyachi Leni Yoro Angliya chempionatining 11-turida «Liverpul»ga qarshi (0:4), yarimhimoyachi Mateus Kunya Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Roma»ga qarshi (3:2), himoyachi Lisandro Martines Angliya chempionatining 9-turida «Chelsi»ga qarshi (0:2) bahslarda qizil kartochka olgandi. Yoro esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida «Atletiko»ga qarshi (0:2) bahsda ham maydondan chetlatilgan.

Ma’lumot uchun, noyabr oyida «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga argentinalik mutaxassis Mauritsio Pochettino tayinlangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sporting CP Sporting CP
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar