«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Sporting»ga qarshi kechgan uchrashuv (2:2)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Portugaliyaliklar birinchi bo‘limni 1:0 hisobida o‘z foydalariga hal qildi. Ikkinchi bo‘lim boshida Bruno Fernandesh dubl qayd etib, manchesterliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 80-daqiqada angliyaliklar yana gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
«Futbolchilarim bilan juda faxrlanaman. Bu og‘ir uchrashuv bo‘ldi. Jamoaning 90 daqiqa davomidagi o‘yini menga yoqdi. Futbolchilar o‘z xarakterini namoyish etdi.
Muhim vaziyatlarda xatolarimiz uchun bir necha bor jazolandik. Bugun qanday futbol o‘ynashni istashimizni ko‘rsatdik. Birgalikda ish boshlaganimizga esa atigi bir hafta bo‘ldi.
Diqqatimizni yaxshiroq jamlashimiz va tiklanishga e’tibor qaratishimiz kerak. Bugungidek o‘yin navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun eng yaxshi davodir», — dedi Pochettino.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi