Yevropa Chempionlar ligasi 5-turida «Barselona» Bokuda «Sabah» bilan bellashdi. Unda kataloniyaliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Entoni Gordon dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Adeyemi va Jezus bittadan gol urdi. Ozarboyjonliklar safida yagona gol Mikels hisobiga yozildi.
Bu o‘yinda o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Umarali Rahmonaliyev maydonda to‘liq harakat qildi.
Bu natijadan so‘ng Flik jamoasi ochkolari sonini 12 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Sabah» 3 ochko bilan 32-pog‘onada.
YChL. 5-tur
Sabah – Barselona 1:4
Gollar: Mikels 63 – Gordon 31, 51, Adeyemi 55, Gabriel Jezus 60.
Sabah — Pokatilov, Solve, Rahmonaliyev, Nwachukwu, Aliyev, Lepinitsa, Puxach, Almeyda (Dashdamirov, 76), Severina (Parris, 61), Du Keyros (Isaev, 61), Zedadka (Mutalimov, 76).
Barselona — Joan Garsiya, Balde (Kanselu, 64), Gavi (Farinas, 86), Fermin Lopes, Pedri (Olmo, 46), Jezus, Adeyemi, Gordon (Rafinya, 76), Martin, de Jong (Campos, 64), Kunde.
Ogohlantirish: Lepinitsa 69.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi