«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoada yangi sherigi sifatida «Manchester Siti» himoyachisi Niko O’Raylini ko‘rishni istamoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, «Barselona» jadal taraqqiyotga erishgan ushbu futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
21 yoshli O’Rayli chap qanot himoyachisi hisoblanadi va Hansi Flickning o‘yin tizimiga juda mos kelishi mumkin. Shu bilan birga, Niko yarim himoyada, hatto hujumga yaqinroq pozitsiyada ham harakat qila oladi.
Biroq transferga «Manchester Siti»ning pozitsiyasi to‘sqinlik qilishi mumkin. Manchesterliklar O’Raylini klubning kelgusi yillarga mo‘ljallangan loyihasidagi muhim futbolchilardan biri sifatida ko‘rishmoqda.
Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.