Live
10
O'zbek

PIF «Nyukasl» aksiyalarining 25 foizini sotmoqchi

Futbol
25 noyabr, 11:02
Klub rahbariyati «Nyukasl»ni taxminan 5,95 milliard yevroga baholamoqda.
PIF «Nyukasl» aksiyalarining 25 foizini sotmoqchi
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistonining PIF investitsiya fondi «Nyukasl» klubi aksiyalarining 25 foizigacha bo‘lgan qismini yangi aksiyalar chiqarish orqali sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyalarni sotishdan tushadigan mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri klub hisob raqamiga yo‘naltiriladi. Ushbu jarayonni tashkil etish va ehtimoliy investorni topish uchun fond JP Morgan bankini jalb qilgan.

Qayd etilishicha, PIF ushbu mablag‘lardan yangi stadion hamda mashg‘ulotlar bazasi qurilishini moliyalashtirishda foydalanmoqchi.

Klub rahbariyati «Nyukasl»ni taxminan 5,95 milliard yevroga baholamoqda. Biroq PIF klub loyihasidan butunlay chiqib ketishni rejalashtirmayapti.

Ayni paytda Saudiya Arabistoni fondi «qarg‘alar» aksiyalarining 85 foiziga egalik qiladi. Qolgan 15 foiz aksiya esa Britaniyaning RB Sports & Media xolding kompaniyasiga tegishli.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar