«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Kay Havertsning kelajagi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, London klubi futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.
«Havertsning o‘yinidan va uning jamoaga berayotgan hissasidan juda mamnunman. Bu mavzuga ancha vaqtdan beri qaytmagandik, ammo hozir klub rahbariyati u bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Konnor Hamm.
Eslatib o'tamiz, Kay Haverts 2023-yildan buyon «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. 27 yoshli germaniyalik futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 15 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma'lumot uchun, hujumchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi