«Arsenal» himoyachisi Kristian Moskera jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik 22 yoshli futbolchining xizmatlariga «Benfika», «Fenerbahche», «Inter», «An-Nasr» va «Al-Hilol» klublari qiziqish bildirmoqda.
Da'vogarlar orasida «Inter» Moskerani keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Londonliklar o'z futbolchisining transfer qiymatini taxminan 50 million yevroga baholamoqda.
Bu mavsumda Kristian «to'pchilar» safida Angliya Premyer-ligasi doirasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Ma'lumot uchun, Moskera 2025-yilning yozida «Arsenal» safiga qo'shilgan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.