Live
6
O'zbek

Dias o'zining holati haqida ma'lumot berdi

Futbol
25 noyabr, 10:44
«Bavariya» vingeri maydonga qaytishga yaqin.
Dias o'zining holati haqida ma'lumot berdi
Foto: Getty Images

«Bavariya» vingeri Luis Dias o'zining jismoniy holati haqida gapirdi va qachon maydonga qaytishga tayyor bo'lishini ma'lum qildi.

Avvalroq kolumbiyalik futbolchidan tashqari, myunxenliklar hujum chizig'ining yana besh nafar vakili jarohat sababli safdan chiqqandi. Bular — Ismoil Saybari, Jamol Musiala, Serj Gnabri, Maykl Olise va Harri Keyn.

«O'zimni juda yaxshi his qilyapman. O'ylashimcha, yaqin orada yana maydonga tushaman. Bu keyingi o'yindayoq sodir bo'ladimi-yo'qmi, hozircha bilmayman.

Jamoa ixtiyoriga qaytganimdan xursandman. Yana maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman»,
— deya Diasning so'zlarini keltiradi Sky Germany jurnalisti Kerri Hau.

25-noyabrdan 13-dekabrgacha bo'lgan ikki yarim hafta davomida «Bavariya» Bundesliga va Chempionlar ligasi doirasida 6 ta bahs o'tkazadi. Myunxenliklar ushbu o'yinlarda «Lill», «Hamburg», «Herta», «Paderborn», «Slaviya» va «Hoffenhaym» jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar